<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Yigʻilsa ming podshoh bitta Xudo boʻlolmas,
 Boshi, soʻnggi avvali, ibtido boʻlolmas.
 Ming xayqiriq Xaqdan kelgan sado boʻlolmas,
 Sevgan Oʻgʻlim shudir degan nido boʻlolmas.
 // Sevmaganni sevib jonni fido boʻlolmas. //

[V2]
 Yoshlik oʻtsa qad bukchayib pirlik ham yetar,
 Asov qoʻldan beldan kuchu mador ham ketar.
 Davlating bor, lekin davru davron ham oʻtar,
 Qiyomat kun yodga tushsa jon tan titrar.
 // Xaqdin aytsam hech soʻzlarim ado boʻlolmas. //

[V3]
 Paygʻambarlar oʻtdi yulduz kabi charaqlab,
 Topmadilar Xudo sirin kitob varaqlab.
 Oxirzamon Rabbim keldi kundek yaraqlab,
 Kambagʻalu gunohkorni holin soʻroqlab.
 // Xaq soʻzida barxaq Unda xato boʻlolmas. //

[V4]
 Tan olingiz Rabbingizni ul Iso Masih,
 Baland qildi qadringizni ul Iso Masih.
 Xochda tortdi jabringizni ul Iso Masih,
 Oldi sizning dardingizni ul Iso Masih.
 // Agʻyor uchun hech kim jondan judo boʻlolmas. //

[V5]
 Bu soʻzlarni tinglab oʻyga tolgan baxtlidir,
 Uning ismin yuragiga solgan baxtlidir.
 Mangu shohlik panohida qolgan baxtlidir.
 Iso uchun jon berolgan, oʻlgan baxtlidir.
 // Chunki Undan oʻzga hech zot Xudo boʻlolmas. //</lyrics>
<title>Yigʻilsa ming podshoh bitta Xudo boʻlolmas Q164</title>
<hymn_number>164</hymn_number>
<aka>Yoshlik oʻtsa qad bukchayib pirlik ham yetar</aka>
</song>